Shrift o‘lchami
+998 (90) 178 08 87
+998 (71) 257 84 32
info@plenka.uz
Shrift o‘lchami

Polimer plyonkalarni ishlab chiqarish

ISHONCHLI PLYONKALAR!

«DOVON» MChJ 2016 yil sentyabr oyida yangi ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirdi

«DOVON» MChJ 2016 yil sentyabr oyida yangi ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirdi

«DOVON» MChJ 2016 yil sentyabr oyida yangi ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirdi.

Streych plyonka – cho’zilganda taxminan ikki-uch marotabaga kengayish xususiyatiga ega bo’lgan elastik qadoqlash materialidir. Oddiy turdagi plyonkalar bilan solishtirganda yorilish, teshilish va boshqa tashqi ta’sirlarga chidamlik darajasi yuqoriroq ekani bilan farq qiladi.

Streych plyonka asosan mahsulotlar, materiallar va boshqa tovarlarni aylanma usullar yordamida o’rash uchun qo’llaniladi. Optimal yopishqoqlik (buyumga yaxshi yopishishi va iz qoldirmasligi) yukni ishonchli mahkamlanishi va saqlanishini ta’minlaydi.

Streych plyonka bir qator afzalliklarga ega, xususan:

  • harorat o’zgarishiga chidamli;
  • yuklar maksimal darajada saqlanishini ta’minlaydi;
  • dastlabki (birlamchi) cho’zilish ko’rsatkishi yuqori bo’lgani sababli qadoqlash materiallarga sarflanadigan harajatlarni kamaytirish imkonini beradi;
  • shaffofligi sabab o’ralgan yuklarning holatini nazorat qilish imkonini beradi;
  • o’ralgan yuklarni namlik, ifloslanish va changlardan ishonchli himoyalaydi;
  • yuklarni ortish va tushirish jarayonlarini sezilarli darajada osonlashtiradi.

Uch qavatli streych plyonka:
– qalinligi 10 mkm dan 30 mkm gacha
– kengligi 100 mm dan 500 mm, 1000 mm gacha
– g’altakning ichki diametri 50 mm, 76 mm.

    Polietilen plyonkalar kalkulyatori
    Ariza qoldirish