Shrift o‘lchami
+998 (90) 178 08 87
+998 (71) 257 84 32
info@plenka.uz
Shrift o‘lchami

Polimer plyonkalarni ishlab chiqarish

ISHONCHLI PLYONKALAR!

FOODWEEK / AGRITEK UZBEKISTAN 2016 (Oziq-ovqat sanoati va qishloq xo’jaligi)

FOODWEEK / AGRITEK UZBEKISTAN 2016 (Oziq-ovqat sanoati va qishloq xo’jaligi)

2016 yilning 23-25 noyabr kunlari “O’zekspomarkaz” MKM AJ ning markaziy pavilonida Oziq-ovqat sanoati «UzProdExpo 2016» 12-Xalqaro ko’rgazmasi va Qishloq xo’jaligi «UzAgroExpo» 12-Xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.

Ma’lumki, «UzProdExpo» ko’rgazmasi soha mutaxassislari uchun an’anaviy uchrashuv joyi hisoblanib, ushbu anjumada mahalliy korxonalar , MDH mamlakatlari va xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan mutaxassislar faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Ko’rgazmani o’tkazilishning dolzarbligi oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatining jadal rivojlanishi bilan  shartlangandir. Ko’rgazmaning asosiy maqsadi – mahsulot va qayta ishlash uskunlarini ishlab chiqaruvchilar bilan samarali muloqot qilish uchun mutaxassislarga platforma yaratish, suningdek, ko’rgazma doirasida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning xom-ashyoni qayta ishlashdan to qadoqlangan yakuniy mahsulotni olishgacha bo’lgan barcha texnologik jarayonlarini namoyish etishdan iborat.

Ko’rgazma har yili O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Fermerlar kengashi, O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O’zbekiston Respublikasi chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uyushmasi, O’zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi rasmiy ko’magida tashkil etiladi.

    Polietilen plyonkalar kalkulyatori
    Ariza qoldirish