Shrift o‘lchami
(+998 90) 178 08 87
(+998 71) 257 84 32
info@plenka.uz
Shrift o‘lchami

Polimer plyonkalarni ishlab chiqarish

ISHONCHLI PLYONKALAR!

Ishlab chiqarish

1. Ekstruderlarda ekstruziya shishirish metodi asosida ko‘p qavatli plyonkalarni ishlab chiqarish

«DOVON» texnologik parki shishirilgan ekstruziyaning yuqori tezlikda, yuqori aniqlikda taqdim etiladigan zamonaviy ekstruderlar bilan namoyon bo‘ladi. Ularning reologik va termik ko‘rsatkichlari gomogenlashtirilgan massa hosil qilish uchun barcha kerakli komponentlarni optimal aralashtirish imkonini beradi. Bu esa barcha yo‘nalishlarda izometrik xususiyatni ta’minlaydi. O‘rnatilgan nazorat elementi ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri saralash imkonini beradi. Aynan shu sabab biz har doim sifatli plyonkalarni ishlab chiqaramiz.

Ishlab chiqarish korxonamizda ko‘p qavatli plenka ekstruderlarining mavjudligi turli materiallarni tuganmas ravishda o‘zgartirish imkonini beradi va shu jumladan, plyonkaning xususiyatlarini ham imkonini beradi.

Xom-ashyo miqdorni sozlash tizimini qo‘llagan holda ishlab chiqarilayotgan materiallarni kiritish foizi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning optimal tarkibi va qo‘shiladigan materiallar foizini tanlash mumkin. Shu asosda biz doim talab etilgan xususiyatga ega bo‘lgan plyonkalarga ega bo‘lamiz. Bu esa iste’molchilar uchun iqtisodiy foydali yechim hisoblanadi, chunki bizning ko‘p qavatli plenkalar ekstruziya imkoniyatlari kuchaytirilgan materiallardan foydalanish evaziga yupqa va mustahkamligi yuqori bo‘lgan plyonkalarning asosiy turlarini ishlab chiqarish imkonini beradi.

2. Streych plyonkalar ishlab chiqarish

Streych plyonka ishlab chiqarish yassi tirqishli ko-ekstruziya ( kast) yordamida amalga oshiriladi. Odatda, bu usul bilan ishlab chiqarilgan streych plyonka uch qavatdan iborat bo‘ladi va har birining o‘z vazifasi mavjud.

Yassi tirqishli ko-ekstruziya usuli bilan tayyorlangan polietilen streych-plyonkalar xususiyati haqidaga masala yuzasidan shuni ta’kidlash joizki, orqaga qaytish xususiyatidan (orqaga qaytish xususiyati streych-plyonkaning avvalgi holini qayta tiklash imkonini beradi) tashqari, polietilen streych-plyonka oddiy polietilen plyonkalardan teshilish va yirtilishga chidamliligi, shuningdek o‘ziga-o‘zi yopishib qolishi va qadoqlanayotgan mahsulot (yuklar)ga yopishmasligi bilan farq qiladi.

3. Kalandr usuli bilan polivinilxlorid plyonkalarini ishlab chiqarish.

Polivinilxlorid plyonka D klassdagi toza xonada kalandr usulida polivinilxlorid, plastifikator, plomba moddalar, stabilizator, bo‘yoqlar va boshqa qo‘shimchalar asosida ishlab chiqariladi va vakuumli termoformovka usuli bilan ishlab chiqarilgan qadoqlash uchun termoplastik material hisoblanadi.

4. TAYYOR MAHSULOTLAR SIFATINING TEXNIK NAZORATI

Laboratoriyamiz mahsulotlarning yuqori sifatini nazorat qilish, o‘z vaqtida sinab ko‘rish va natijalarning ishonchliligini ta’minlaydigan zamonaviy sinov uskunalari, o‘lchash vositalari va yuqori malakali kadrlarga ega.

    Polietilen plyonkalar kalkulyatori Скачать прайс
    Ariza qoldirish